Lugansk oblasti rahbari: ukrain harbiylariga Severodonetskdan chekinishga buyruq berildi

1 daqiqa o'qish2.1K
Lugansk oblasti rahbari: ukrain harbiylariga Severodonetskdan chekinishga buyruq berildi
«Azot» zavodi, 10 iyun. Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ukrain qo‘shinlari yo‘qotishlar tufayli Severodonetskdan chiqishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Bu haqda u «Dom» telekanali efirida aytgan, undan videoyozuv Gaydayning telegram-kanalida joylashtirilgan.

«Bir necha oydan buyon zarba ostida bo‘lgan va tor-mor etilgan pozitsiyada shunchaki turishdan ma’no yo‘q, chunki mustahkamlanmagan hududlarda qurbonlar soni kundan kunga ortib boraveradi», degan Gayday

U shu sababdan Severodonetskda turgan ukrain harbiylariga «yangi pozitsiyalarga, yangi mustahkamlangan pozitsiyalarga o‘tish» va harbiy harakatlarni davom ettirish bo‘yicha buyruq berilganini aytgan.

Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi 24 iyun tongidagi hisobotida Severodonetsk uchun janglar davom etayotganini ma’lum qilgandi.

Severodonetskda hali rossiyalik harbiylar qo‘liga o‘tmagan hududlardan biri «Azot» kimyoviy zavodi bo‘lib turibdi. 23 iyun kuni kechqurun Gayday Severodonetsk sanoat hududidagi ko‘plab mudofaa istehkomlari vayron etilgani, shu tufayli ukrain harbiylari boshqa pozitsiyaga o‘tishlari mumkinligini aytgandi.

Ayni vaqtda Rossiya qo‘shini Severodonetskka yondosh joylashgan, Shimoliy Don daryosining o‘ng sohilidagi Lisichanskka ham janubdan hujum qilmoqda. Shu tufayli ushbu shahar atrofidagi harbiylar ham boshqa pozitsiyalarga chekinishi mumkin. Bu holda Lugansk oblasti deyarli butunlay Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?