Zelenskiy Xerson qo‘ldan ketgani tufayli Ukraina xavfsizlik xizmati rahbarini ishdan olmoqchi

1 daqiqa o'qish3K
Zelenskiy Xerson qo‘ldan ketgani tufayli Ukraina xavfsizlik xizmati rahbarini ishdan olmoqchi
Foto: Facebook / Ukraina xavfsizlik xizmati
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Ivan Bakanovni almashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zelenskiyga yaqin bo‘lgan to‘rt nafar ukrain amaldorlariga, shuningdek UXX islohoti masalasida Kiyevga maslahatchilik qiluvchi g‘arblik diplomatga asoslangan holda Politico xabar bermoqda.

Nashr manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Bakanov urush davridagi qator muvaffaqiyatsizliklar va Xerson boy berilishi tufayli Ukraina prezidentining ishonchini yo‘qotgan. «Biz uning faoliyatidan juda norozimiz va undan qutulishni istayapmiz», — degan Politico muxbiriga Zelenskiyga yaqin bo‘lgan yuqori martabali ukrainalik amaldor.

Nashr suhbatdoshlari ta’kidlashicha, gap nafaqat Bakanov, balki UXXning boshqa yuqori martabali xodimlarining urushning ilk soatlari va ilk kunlaridagi qarorlari haqida ham ketmoqda, bunday qarorlar tufayli Ukraina strategik muhim bo‘lgan Xersonni yo‘qotgan. Jumladan, UXXning Xerson bo‘yicha boshqarmasi rahbari Sergey Krivoruchko rossiyalik harbiylar shturm qilishni boshlashi bilan shahardan evakuatsiya bo‘lishga buyruq bergan, uning yordamchisi Igor Sadoxin esa rossiyaliklarga minalashtirilgan hududlar xaritasini topshirgan. UXXning ikki xodimi ham davlatga xiyonatda ayblanib, qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, ukrain amaldorining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini 3 mart kuni UXX xodimlari Antonovskiy shahrida Dnepr orqali o‘tgan ko‘prikni portlatishmagani uchun ham Xersonni osonlik bilan egallagan bo‘lishi mumkin.

Ukraina prezidenti ofisi, Ivan Bakanovning o‘zi va Ukraina xavfsizlik xizmati hozircha bu ma’lumotni izohlashmadi.

Ivan Bakanov — Volodimir Zelenskiyning bolalikdagi do‘sti. Bakanov 2019 yil avgustida, Zelenskiy prezidentlikka saylanganidan uch oy o‘tib Ukraina xavfsizlik xizmati rahbariga aylangandi. Politico nashri yozishicha, so‘nggi vaqtlarda eski do‘stlar juda kam o‘zaro muloqot qilishadi — faqat hukumat ishlari bo‘yicha.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?