O‘zbekistonga Xitoy shahridan birinchi yuk poyezdi yo‘lga qo‘yildi

1 daqiqa o'qish2.4K
O‘zbekistonga Xitoy shahridan birinchi yuk poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Dknews
Oziq-ovqat va favqulodda yuklarni olib ketayotgan Xitoy—Yevropa yuk poyezdi 22 iyun kuni O‘zbekistonga jo‘nab ketdi.

94 ta konteynerdan iborat yuk poyezdi Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan avtonom rayoni poytaxti Nanning shahridan yo‘lga chiqqan. Poyezd 4662 km yo‘l bosib, 7 kunda Toshkentga yetib kelishi rejalashtirilmoqda.

Yuklar orasida shakar, tarmoq kabellari, shuningdek, Vyetnam kaju yong‘og‘i kabi 2418 tonna mahsulot bor.

Xitoy—Qozog‘iston—O‘zbekiston yuk poyezdi Guansi shahridan O‘zbekistonga qatnovchi Xitoy—Yevropa yo‘nalishidagi birinchi yuk poyezdi hisoblanadi.

Bundan tashqari u Guansi tomonidan ishga tushirilgan beshinchi Xitoy—Yevropa yuk poyezdi yo‘nalishidir.

Bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi tufayli yangi yo‘nalish yuk tashish vaqtini bir-ikki kunga qisqartiradi, tovarlarni yetkazib berishni samarali ta’minlaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?