07:55 / 27.06.2022
1 260

Lukashenko va Putin yadro quroli hamda o‘g‘it eksportini muhokama qildi

Lukashenko va Putin yadro quroli hamda o‘g‘it eksportini muhokama qildi
Maksim Blinov / Reuters / Scanpix / LETA
Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Sankt-Peterburgda muzokara o‘tkazib, Belarusga yadro qurolini qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lgan «Iskander» raketa majmualarini yetkazib berish masalasini, shuningdek bug‘doy va o‘g‘it eksportini muhokama qilishdi.

Rossiya va Belarus prezidentlari Yevropaga kaliyli o‘g‘itlarni yetkazib berish (ikki mamlakat ham eng yirik eksportyorlar hisoblanadi), Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishgan. «Albatta, mintaqada, umuman, dunyoda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar bor. Bu yerda ko‘plab savollar tug‘iladi», deya qayd etgan Putin.

Lukashenko Litvani Kaliningrad oblastiga mahsulotlar tranziti taqiqlab qo‘yilgani uchun qoralagan va Vilnyusning qadamini «amalda urush e’lon qilish» deb atagan.

Lukashenko Minsk «Brestdan Vladivostokka qadar bo‘lgan yurt»ni himoya qilish uchun barcha ishga, hatto «jiddiy qurollar qo‘llashga ham» tayyor turishi kerakligini aytgan.

Putin Belarusga ballistik va qanotli raketalar uchirishi mumkin bo‘lgan «Iskander-M» raketa majmualari yetkazib berishni va’da qilgan.

«Biz kelishib olganimizdek, bu masala kun tartibida turgandi va qaror qabul qilingan. Biz yaqin oylarda Belarusga «Iskandar-M» raketa-taktik komplekslarini taqdim qilamiz, ulardan ham ballistik, ham qanotli raketalar uchirishda foydalanish mumkin, ham oddiy qurol, ham yadro quroli tashuvchisiga aylantirish imkoni mavjud», degan Rossiya prezidenti.

So‘nggi yadro quroli Belarusdan Rossiyaga 1996 yilda olib ketilgandi.

Putin yana bir bor yadro quroli mavzusiga to‘xtalib, AQSHning Yevropadagi salohiyati haqida gapirdi. «Amerikaliklar Shimoliy Atlantika blokiga a’zo bo‘lgan Yevropaning olti davlatida 200 ta taktik yadro quroliga ega bo‘lib, ularni qo‘llash uchun 257 ta samolyot tayyorlab qo‘yilgan», deya Putindan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

AQSH va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Yevropadagi bazalarda joylashtirilgan yadro qurollari hajmini rasman ochiqlamaydi. Turli manbalarga ko‘ra, jumladan Vashingtondagi «Qurollarni nazorat qilish va tarqatmaslik bo‘yicha markaz» notijoriy tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, Yevropaning besh mamlakatida - Turkiya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiyada - 2021 yil holatiga AQSHning yuzga yaqin yadroviy kallaklari joylashtirilgan bo‘lgan.

Buning ortidan Lukashenko NATO samolyotlarining Belarus chegaralari yaqinida o‘quv parvozlari o‘tkazayotgani haqida gapirgan va Belarus aviatsiyasini javob qaytarish uchun «moslashtirish»ni so‘ragan. Putin Belarusda yetarlicha ko‘p miqdorda Su-25 samolyotlari borligini aytib, ularni Rossiyada modernizatsiya qilishni taklif etgan.

«Ular mos ravishda qayta jihozlanishi mumkin. To‘g‘ri, bunday modernizatsiya Rossiyadagi aviatsiya zavodlarida amalga oshirilishi kerak, ammo biz buni qachon qilish kerakligi to‘g‘risida siz bilan kelishamiz va shundan keyin mos ravishda parvoz ekipajini tayyorlashni boshlaymiz.

Siz ularga muqobil javob berish imkoniyati bo‘lishi kerakligi haqida gapirdingiz, lekin biz ularga javob qaytarishimiz shart emas. Bunga zarurat yo‘q. Ammo xavfsizlikni ta’minlashimiz zarur va bu boradagi fikringizga qo‘shilaman, ittifoqchi mamlakat, KXSHTga a’zo davlatlar xavfsizligini ta’minlashimiz lozim
», degan Putin.

Axborot agentliklari lentasiga qaraganda, Ukrainadagi urush mavzusi Putin va Lukashenko tomonidan bevosita tilga olinmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko va Putin yadro quroli hamda o‘g‘it eksportini muhokama qildi