Tanzila Norboyeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

1 daqiqa o'qish1.4K
Tanzila Norboyeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning TurkPA majlisida ishtirok etayotgan parlament delegatsiyalari rahbarlari bilan qisqacha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston rahbari Bishkek turkiy davlatlar bilan aloqalarni chuqurlashtirishga katta ahamiyat berayotganini va TurkPAga asos solgan davlatlardan biri sifatida ushbu parlamentlararo birlashma mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birdamlik namunasi sifatida shakllanishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Xususan, prezident Sadir Japarov O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini, prezident Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli o‘zaro aloqalar strategik hamkorlik xususiyatiga ega bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Davlat rahbari bilan uchrashuvda Qirg‘iziston Jogorku Keneshi Torag‘asi Talant Mamitov, Ozarbayjon Miliy Majlisi Raisi Sagiba Gafarova, Turkiya Buyuk millat majlisi Raisi Mustafo Shentop, Vengriya parlamenti raisi o‘rinbosari Shandor Lejak va Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalk maslahati raisi o‘rinbosari Qosimguli Babayev ham ishtirok etdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?