Rossiya tashqi qarzlar bo‘yicha 100 yil ichida birinchi marta defoltga uchradi

2 daqiqa o'qish1.8K
Rossiya tashqi qarzlar bo‘yicha 100 yil ichida birinchi marta defoltga uchradi
Foto: Picture Alliance
Rossiya Moliya vazirligi o‘z majburiyatlarini bajarganini ta’kidlamoqda, ammo Rossiya yevroobligatsiyalari egalari to‘lovlarni o‘z vaqtida olmagan, bu Rossiya 1918 yildan beri birinchi marta tashqi qarz bo‘yicha defoltga duch kelganini anglatadi.

Bloomberg agentligining 27 iyun, dushanba kuni xabar berishicha, 27 iyunga o‘tar kechasi Rossiya 1918 yildan buyon birinchi marta tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchradi, chunki davlat obligatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan qariyb 100 million dollarlik to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr tugadi.

Defolt haqida hech qanday rasmiy e’lon bo‘lmaydi. Bu odatda xalqaro reyting agentliklari tomonidan amalga oshiriladi, biroq ularning barchasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan, deb ta’kidlaydi Bloomberg. Shu bilan birga, obligatsiyalar egalari bunday e’lon qilishlari mumkin edi, ammo ular hali ham pullarining to‘liq yoki hech bo‘lmaganda bir qismini qaytarish imkoniyatlari qanday ekanligini baholashga harakat qilmoqdalar, deb yozadi agentlik. Kreditorlar tomonidan defolt e’lon qilinishi uchun obligatsiya egalarining to‘rtdan bir qismi rozi bo‘lishi kerak.

Bu bolsheviklar chor tuzumi qarzlaridan voz kechgan 1918 yildan beri Rossiyaning tashqi qarzi bo‘yicha birinchi defoltidir, deb yozadi Bloomberg.

Aprel oyida AQSH Moliya vazirligi vaqtinchalik litsenziyani yangilamadi, u esa sanksiyalardan istisno qilib, Rossiya obligatsiyalari egalariga Rossiyadan to‘lovlarni olish imkonini bergandi. Ushbu litsenziyaning amal qilish muddati 25 mayda tugadi. 27 may oqshomida Rossiya yevroobligatsiyalari egalari deyarli 100 million dollarlik kupon to‘lovlarini olmagan, shundan so‘ng ushbu to‘lovlar bo‘yicha defolt e’lon qilinguncha 30 kunlik ortga hisoblash boshlandi.

Sanksiyalar tufayli Britaniyaning Citibank’i Rossiya bo‘yicha to‘lov agenti sifatida ishlashdan bosh tortdi. Oxir-oqibat Moliya vazirligi ushbu funksiyalarni Milliy hisob-kitob depozitariysiga o‘tkazdi, hisob raqamiga mablag‘larni kiritdi va barcha majburiyatlarni bajarganligini e’lon qildi. Keyinchalik depozitariy Yevropa ittifoqi sanksiyalarining oltinchi paketiga kiritildi.

Kreml bu qarorni Bryusselning Rossiyani «sun’iy defolt»ga undashga urinishi deb atadi. 22 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning xorijiy valyutadagi tashqi qarzi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, u bunday to‘lovlarni rublda amalga oshirishni nazarda tutadi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov o‘tgan hafta Rossiya davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatishga sun’iy to‘siqlar yaratish davlatga «defolt» belgisini ilib qo‘yish uchun zarur ekanligini aytdi. «Lekin tushunadigan odam bu defolt emasligini tushunadi. Rostini aytsam, bu butun vaziyat farsga o‘xshaydi», dedi Siluanov.

Loomis Sayles & Company LP’ning suveren davlatlar bo‘yicha katta tahlilchisi Hasan Malik Bloomberg agentligiga bergan intervyusida: «Bu juda kam uchraydigan holat, ya’ni, boshqa hukumat mamlakatni to‘lash uchun mablag‘lari bo‘lsa-da, defolt e’lon qilishga majburlamoqda».

Bloomberg «defolt hodisasini» Rossiya iqtisodiyoti va «kuchli inflyatsiya va so‘nggi yillardagi eng yomon iqtisodiy tanazzulni boshdan kechirayotgan» ruslar uchun uchun ramziy ma’noga ega deb atadi. «Bu mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy jihatdan tez yakkalab qolishining dahshatli belgisidir», deyiladi agentlik ma’lumotida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?