AQSH davlat qarzi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

1 daqiqa o'qish134
AQSH davlat qarzi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

AQSHning davlat qarzi 40 trillion dollardan oshib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. Qizig‘i, mamlakat qarzi bundan atigi besh oy avval — mart oyida 39 trillion dollarga yetgan edi.

AQSH federal xarajatlarining katta qismi mudofaa, ijtimoiy ta’minot va Medicare dasturlari, shuningdek, davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlariga yo‘naltirilmoqda. Mutaxassislar qarzning muntazam oshib borishiga hukumat xarajatlari soliq tushumlaridan yuqori bo‘layotganini asosiy sabab sifatida ko‘rsatmoqda.

Qarzning keskin ko‘payishida COVID-19 pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun olingan katta miqdordagi qarzlar ham muhim rol o‘ynagan. Keyinchalik soliqlarni qisqartirish va davlat xarajatlarini oshirishga qaratilgan siyosat ham federal budjetdagi bosimni kuchaytirgan.

Ekspertlar davlat qarzining o‘sishi oddiy amerikaliklarning hayotiga ham ta’sir qilayotganini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, qarz olish xarajatlarining oshishi ipoteka va avtomobil kreditlari narxiga ta’sir qilishi, shuningdek, kompaniyalarning investitsiya imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

Bipartisan Policy Center hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSH davlat qarzi 2027 yilning qish oxiri va yoz o‘rtalarigacha 41,1 trillion dollarlik limitga yetishi mumkin. Shundan so‘ng Kongress qarz limitini oshirish yoki uning amal qilishini vaqtincha to‘xtatish masalasini hal qilishi kerak bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?