Foto: «President.gov.by»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Moskvani qo‘llab-quvvatlab kelganini va bundan keyin ham shunday davom etishini aytdi. Bu haqda u «Shon-sharaf tepaligi» yodgorlik majmuasiga gul qo‘yish marosimida aytib o‘tdi.
«Bugun biz Rossiyani natsizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlayotgan dunyodagi yagona davlat bo‘lganimiz uchun qoralanmoqdamiz. Biz Rossiyani qo‘llab-quvvatladik va bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Lukashenko.
Lukashenkoning nutqi 1944 yili Belarus SSRning nemis bosqinidan ozod qilingan kunga bag‘ishlab har yili nishonlanadigan Mustaqillik kunida yangradi.
3 iyul kuni ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin Lukashenkoga tabrik telegrammasi yo‘lladi. Unda Rossiya prezidenti rossiyaliklar va belaruslar do‘stlik va o‘zaro yordam rishtalarini saqlab, mustahkamlab, xalqaro maydonda o‘z manfaatlarini birgalikda himoya qilishini ta’kidladi. Avvalroq Putin G‘arb bosimi ostida bu ikki davlat birlashish jarayonlarini tezlashtirishi kerakligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi