00:00 / 14.07.2022
2 499

Moskvaning G‘arb sanksiyalariga javobi g‘oyat og‘riqli bo‘ladi – Birichevskiy

Moskvaning G‘arb sanksiyalariga javobi g‘oyat og‘riqli bo‘ladi – Birichevskiy
Moskvaning G‘arb sanksiyalariga beradigan javobi juda og‘riqli bo‘lishi mumkin, ayni paytda Yevropa davlatlari Rossiyani bo‘g‘ish orqali o‘z iqtisodlarini charchatayotganini tushunishlari kerak. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy RIA Novostiga bergan intervyusida ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni hozircha “to‘liq qarshilik choralarini qo‘llamayapti”.

G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi hujumlar bilan allaqachon o‘z iqtisodini va fuqarolarini charchatib qo‘ygani ko‘rinib turibdi...
Yevropaliklarning qishda isitish tizimlarisiz, yozda esa konditsionersiz jaziramada o‘tirishida Rossiyaning aybi yo‘q. Bizga qarshi sanksiyalar bumerang tarzda G‘arbning iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. Biz bunga bir necha marotaba amin bo‘lganmiz
”, - dedi Birichevskiy.
Dmitriy Birichevskiyga ko‘ra, Moskvaning Yevropaga beradigan javobi juda og‘riqli bo‘ladi.

...Tegishli qadamlar Rossiya hukumati tomonidan ishlab chiqilmoqda. G‘arb uchun tayyorlanayotgan cheklov choralari Rossiya iqtisodiyotiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Biroq bizning javob choralarimiz juda og‘riqli bo‘lishi mumkin”, - dedi diplomat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvaning G‘arb sanksiyalariga javobi g‘oyat og‘riqli bo‘ladi – Birichevskiy