21:10 / 14.07.2022
1 308

Osiyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

Osiyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi
Foto: JapanTimes
Osiyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Economist xabar berdi.

Osiyoda yashash uchun Osaka (Yaponiya) va Melburn (Avstraliya) eng qulay shaharlar hisoblanib, birinchi o‘rinni egalladi. Ikkala shaharning ham ta’lim sifati yuqori baholangan.

Tokio to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Avstraliyaning yana to‘rtta shahri — Sidney, Brisben, Adelaida va Pert kuchli o‘ntalikka kirdi.

Reyting dunyo bo‘ylab 172 ta shaharda yashash sharoitlarini baholash orqali Economic Intelligence Unit tomonidan tuzilgan.

Foto: Economic Intelligence Unit
Kompaniyaning tahlilchilari va muxbirlari shaharlarni besh toifadagi mezonlar bo‘yicha baholaydi: madaniyat va atrof-muhit, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik.

2022 yilda Osiyo shaharlari yashash qulayligi indeksi bo‘yicha o‘rtacha 69 ballga erishdi, G‘arbiy Yevropadagi shaharlar — 91 ball va Shimoliy Amerika shaharlari — 88 ball.

Sahroi Kabirdan janubiy Afrika o‘rtacha atigi 50 balllik shaharlar yashash uchun eng qulay mintaqa hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osiyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi