Azoda O‘zbekistonga qaytdi (video)

Xonanda Azoda Yusupahmet hayotidagi og‘ir davrni boshdan kechirgani va Turkiyada davolanganini ma’lum qilgandi. San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlik davrida salomatligida muammolar paydo bo‘lgan, keyinchalik unga saraton tashxisi qo‘yilgani aytilgan. Biroq Turkiyadagi tekshiruvlardan so‘ng O‘zbekistonda qo‘yilgan tashxis noto‘g‘ri ekani ma’lum bo‘lgan.
Azoda keyinchalik Turkiyada operatsiya qilingan. U 70 kun avval hayotidagi eng og‘ir sinovlardan biriga duch kelganini aytib, bu davrda eng katta tayanchi oilasi, yaqinlari va muxlislarining duolari bo‘lganini ta’kidladi.
“Onam, oilam, turmush o‘rtog‘im yonimda bo‘ldi. Sizlarning duoyingiz, shifokorlarning yordami va o‘zimdagi ozgina bo‘lsa ham kuch bilan bu yo‘ldan o‘tdim”, — deb yozdi xonanda.
Azoda davolanish yakunlari haqidagi xabarni shukr va ko‘z yoshlari bilan qarshi olganini aytib, “70 kunlik sinov… Va bugun qalbimda yana umid. Alhamdulillah, har bir holimga”, deya yozgan.
Kuni kecha esa xonanda O‘zbekistonga qaytib keldi. Uni yaqinlari aeroportda kutib olgani aks etgan videoni o‘z sahifasiga joyladi.
Muxlislar Azodaga og‘ir kunlar ortda qolgan bo‘lishini, bundan buyon sog‘lom va baxtli hayot kechirishini tilab, unga iliq tilaklarini yo‘llamoqda.






























Izohlar 0
…