Dilnoza Kubayeva “Kelgindi kelin” filmidagi mashina haydash sahnasini esladi

Dilnoza Kubayeva “Kelgindi kelin” filmidagi mashina haydash sahnasini esladi

Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Ko‘rganlarimiz haqida” ko‘rsatuvida ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “Kelgindi kelin” filmida suratga tushgan paytlarini esladi. U ayniqsa, filmda ilk bor mashina ruliga o‘tirganini kulib gapirib berdi.

— "Kelgindi kelin"da birinchi marta mashina haydaganman. 'Qanaqa qilib qo‘rqmay meni birovning mashinasiga o‘tqazib qo‘ydinglar?' deganman. Ular esa: 'Bu avtomat, oson. Mana bunday qilasan — D, R, D, R', deb tushuntirishgan, dedi aktrisa.

Dilnoza Kubayevaning aytishicha, o‘sha paytda mashina haydashdan ancha qo‘rqqan.

“Rosa qo‘rqqanman. Mashinaning egasi ham o‘sha yerda turgan. 'Bitta haydab bersangiz bo‘ldi', deyishgan. Shunday qilib, mashinani haydab ko‘rganman. Yaxshiyamki, hammasi yaxshilik bilan tugagan”, — deya kulib esladi aktrisa.

Aktrisaning bu xotirasi uning “Kelgindi kelin” filmidagi suratga olish jarayonlari ham oson kechmaganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar