Hafta davomida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Ushbu hafta davomida O‘zbekistonning aksariyat hududlarida ob-havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Meteorologlar prognoziga ko‘ra, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shuningdek, 24–25 sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor.
Umuman olganda, hafta davomida mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi.
Havo harorati kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 29-32 daraja, 25 sentyabrda 27-29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.






























Izohlar 0
…