Foto: NEOM / AFP / Scanpix / LETA
2021 yilda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon podshohlikning qurg‘oqchil shimoli-g‘arbiy qismidagi yerlarni o‘zlashtirish va Misr piramidalari kabi ulug‘vor narsani qurish topshirig‘ini bergandi.
The Wall Street Journal arabistonlik shaharsozlarning rejalari bilan bog‘liq hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Unda juda katta loyiha tafsilotlari oydinlashadi.
Mirror Line («Ko‘zgu liniyasi») – bu balandligi 488 metrgacha bo‘lgan ikkita bino bo‘lib, qirg‘oq, tog‘lar va cho‘l bo‘ylab 120 kilometrga parallel ravishda o‘tadi. Osmono‘par binolar bir-biri bilan piyodalar o‘tish joylari orqali bog‘lanadi, ularning ostidan tezyurar poyezd harakatlanadi.
NEOM / AFP / Scanpix / LETA
Arxitektorlar futbolni ham unutmagan – 305 metr balandlikda stadion joylashgan bo‘ladi.
Turli manbalarga ko‘ra, osmono‘par shahar-binoda 5 milliondan 9 milliongacha odam yashashi mumkin bo‘ladi. Ular shahar bo‘ylab tezyurar poyezdlarda harakatlanishadi. Uning bir chetidan ikkinchi chetigacha 20 daqiqada borish imkoniyati bo‘ladi.
Shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun fermalar tuzilmasi tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.
Shahar uglerod chiqindilaridan xoli bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
NEOM / AFP / Scanpix / LETA
Mega loyihaning qiymati 1 trillion dollarni tashkil etadi.
Neom shahriga ham yana 500 milliard dollar sarflanadi. Bu nima?
Saudiya davlat investitsiya jamg‘armasi nafaqat ingliz futboliga, balki Muhammad bin Salmonning aql bovar qilmas g‘oyalariga ham sarmoya kiritmoqda. 2017 yilda valiahd shahzoda (va dunyodagi eng yosh mudofaa vaziri, hozir u 36 yoshda) mamlakatning olis shimoli-g‘arbiy qismida, Qizil dengiz sohilida yangi shahar barpo etish rejasini e’lon qildi.
Avtomobillarsiz, uglerod chiqindisiz aqlli shahar Neom nomini oldi (neo – «yangi», m – arabcha «mustaqbal» (kelajak) so‘zidan olingan).
Neom tashabbusi «Saudi Vision – 2030» loyihasidan kelib chiqmoqda. Bu reja mamlakatning neftga qaramligini kamaytirish va iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga qaratilgan.
Neom ko‘plab investitsiya imkoniyatlarini taqdim etishi kutilmoqda: shahar mavjud davlat tuzumidan mustaqil ravishda ishlaydi, o‘zining soliq va mehnat qonunlari, mustaqil sud tizimiga ega bo‘ladi.
«Ko‘zgu liniyasi» osmono‘par binolari esa Neom markazida joylashadi. Shahar qurilishining boshlang‘ich budjeti 500 milliard dollarni tashkil qiladi. Shahzoda barcha ishlarni 2030 yilgacha yakunlash talabini qo‘ygan. Ammo, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, «Ko‘zgu liniyasi» 50 yil davomida, bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi.
Ekologlar uzun osmono‘par binolar ko‘chmanchi qushlarning migratsiya yo‘llarini buzishidan, binolar ko‘zgusi esa ularni chalg‘itishidan xavotirlanishmoqda.
Ammo asr qurilishidan Misr xursand bo‘lishi tabiiy. Chunki shahzoda Qizil dengizning qarama-qarshi qirg‘og‘ida joylashgan Sharm ash-Shayx turistik hududini rivojlantirishga ham katta sarmoya sarflashni rejalashtirmoqda.
Ko‘zgu liniyasi1, Osmono‘par bino1, Saudiya Arabistoni1, Misr piramidalari1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi