Rossiyada 555 metrlik noodatiy osmono‘par bino qurilishi ma’qullandi

1 daqiqa o'qish443
Rossiyada 555 metrlik noodatiy osmono‘par bino qurilishi ma’qullandi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida balandligi 555 metr bo‘lgan “Laxta Sentr – 3” osmono‘par binosi qurilishi rejalashtirilmoqda. 22 sentyabr kuni Rossiya Bosh davlat ekspertizasi binoning loyiha hujjatlariga ijobiy xulosa berdi. Tegishli ma’lumot Loyiha hujjatlari ekspertizasi xulosalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan. Bu haqda Novosti nedvijimosti Moskvi i Rossii xabar berdi.

Osmono‘par bino Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanidagi Laxta hududida, amaldagi “Laxta Sentr” binosining g‘arbiy tomonida qurilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning quruvchisi “Sinergiya”, texnik buyurtmachisi esa “Renkons” kompaniyasi hisoblanadi.

Loyiha bo‘yicha bino 116 ta yer usti va uchta yer osti qavatidan iborat bo‘ladi. Uning me’moriy ko‘rinishi markaziy atriumlar atrofida yuqoriga qarab torayib boruvchi, bir-biriga o‘ralgan ikkita spiralsimon konstruksiyadan tashkil topadi. Ular yuqori qismida umumiy hajmga birlashadi.

Binoning 43-, 70- va 88-qavatlarida “qishki bog‘lar” tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu hududlarda ko‘kalamzorlashtirilgan dam olish joylari, muzokara xonalari va kafeteriylar bo‘ladi.

Birinchi va 100-qavatlarda nooziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari, minimarket, dorixona kioski, sovg‘a-salom va kitob savdosi uchun joylar ko‘zda tutilgan. 100- va 103-qavatlarda esa ko‘rgazma maydoni hamda kuzatuv maydonchalari tashkil etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, osmono‘par binolar qurilishini 2026 yil oxiriga qadar boshlash, 2033 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Biroq ichki bezak ishlari yana bir necha yil davom etishi mumkin. Hujjatlarda yangi biznes klasteriga ko‘chib kirish 2042 yildan keyin rejalashtirilgani qayd etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?