Germaniyaning Kil universiteti Jahon iqtisodiyoti instituti Rossiyaga qarshi urushda Ukrainaga eng katta dastak berayotgan mamlakatlar haqida ma’lumot berdi.
1 iyul holatiga ko‘ra, Kiyevning Moskvaga qarshi urushidagi eng asosiy harbiy donori AQSH bo‘lib qolmoqda. Bu mamlakat shu kungacha Ukrainaga 25,45 milliard dollarlik yordam ko‘rsatgan. Kiyevga ko‘rsatilayotgan ko‘mak hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (4,11 milliard dollar), uchinchida Polsha (1,83 milliard dollar), undan keyin esa Germaniya (1,22 milliard dollar) turibdi.
Bu orada Ukrainaning asosiy yordamchisi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar Kiyevga yana 800 million dollarlik harbiy ko‘mak ko‘rsatishni va’da qilgan. Bu haqda «Reuters» agentligi uch manbadan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi. Yangi yordam paketi haqida yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin