Malayziyaning Sabah shtatida yashovchi 21 yoshli Merrivati Manuyel penchak-silat an’anaviy jang san’ati bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Malayziyalik nasroniy sportchi qiz jang san’atlari bo‘yicha jahon chempionati vaqtida hijob kiyib chiqdi. Uning bu xatti-harakati qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Sporchi qiz nega bunday qarorga kelganini tushuntirdi.
Nutq vaqtida ham Merrivati hijobda edi, uning bu harakati masihiylarni hayratda qoldirdi. Musobaqadan so‘ng sportchi nima uchun yopiq tarzda chiqishga qaror qilgani haqida gapirdi, deb yozmoqda IslamNews sayti Ucanews’ga tayanib.
“Ko‘pchilik nega men nasroniy sifatida hijob kiyganimga hayron bo‘ladi. Jang san’ati, bu – malay xalqining merosi va men malay bo‘lmasam ham, sportni va musulmonlarni hurmat qilaman va ularga qoyil qolaman. Hijob men uchun majburiy bo‘lmasa-da, men unda musobaqalashishni afzal ko‘raman”, - dedi Manuil. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin