
Turkiyaning Samsun shahrida “Teknofest Aero & Tech 2022” aerokosmonavtika va texnologiya festivali tashkil etildi.
2018 yilda ilk bor tashkil etilgan Teknofest loyihasi dunyoning yetakchi ayerokosmonavtika va texnologiya festivallaridan biri sanaladi. 2019 yilda xorijiy davlatlardan 1,7 million nafar kishi tashrif buyurdi va shu yili dunyoning eng yirik aviatsiya ko‘rgazmasiga ham aylandi. Turli davlatlar talabalarida o‘rtasida konkurslar va mudofaa texnologiyalarini namoyish etish barobarida Teknofest turli davlatlar havo kuchlarining yer va havodagi imkoniyatlarini namoyish etish uchun ideal platforma bo‘lib ham xizmat qilmoqda.
Mazkur festival Turkiya Sanoat va Texnologiya vazirligi va davlat va xususiy sektorning boshqa hissadorlari bilan hamkorlikda T3, Turkiya Texnologiya Jamoasi Fondi tomonidan tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, “Bayraktar” ishlab chiqaruvchisi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anning qudasi sanaladi. Uchoqlarning asl muallifi prezidentning kuyovi Selchuk Bayraktardir.
“Bayraktar TB2” – Turkiyaning Baykar Makina kompaniyasining uzoq parvoz qila oladigan hujumkor razvedkachi droni hisoblanadi. Uning maksimal tezligi 222 km/soat, qanotlari kengligi 12 metr, qurilma havoda 24 soatgacha turishi mumkin, dron 8,2 ming metrgacha ko‘tarila oladi.
Dron uchish masofasi 0,5 dan 8 kmgacha bo‘lgan ikkita lazerli UMTAS tankga qarshi raketalari yoki Turkiyaning Roketsan kompaniyasining to‘rtta Bozok, MAM-C yoki MAM-L boshqariladigan bombalar bilan qurollantiriladi.
Bunday turdagi dronlardan Qorabog‘, Suriya va Liviyadagi jangovar harakatlarda foydalanilgan. Ayni paytda “Bayraktar TB2” dronlari Ozarbayjon, Qatar, Liviya, Marokash, Polsha, Jibuti, Ukraina armiyalari hamda Qirg‘iziston Chegara xizmatida mavjud.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar allaqachon 22 davlatga, jumladan Marokash, Niger va Efiopiyaga sotilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar