12:13 / 09.10.2022
1 425

Qrim koʻprigidagi portlashdan keyin Putin koʻprik xafvsizligi himoyasini FXXga topshirdi

Qrim koʻprigidagi portlashdan keyin Putin koʻprik xafvsizligi himoyasini FXXga topshirdi
Foto: Anadolu
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrim koʻprigi xavfsizligini ta'minlash uchun javobgar boʻladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan «Kerch boʻgʻozi orqali transport oʻtishini himoya qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida»gi farmonda aytilgan.

Xuddi shu farmonga koʻra, FXXga yana ikkita asosiy infratuzilma ob'ekti — Rossiyadan Qrimgacha boʻlgan energiya koʻprigi hamda Krasnodar oʻlkasidan Qrimga magistral gaz quvuri uchun «himoya choralarini tashkil etish va muvofiqlashtirish» vakolati beriladi.

Eslatib oʻtamiz, 8 oktyabr kuni ertalab Qrim koʻprigida yuk mashinasi portlab ketdi. Oqibatda koʻprikning avtomobillar yuradigan qismida bir nechta tayanchlar oraligʻi qulab tushdi, shuningdek, koʻprikdagi temir yoʻl orqali ketayotgan tsisternali tarkib yonib ketdi. Koʻprik yopildi, ammo shu kuni kechqurun poezdlar harakati tiklandi. Koʻprikning omon qolgan shoxobchasida avtomobillar harakati ham yoʻlga qoʻyildi, uning ikkinchi qismi 9 oktyabrda ochilishi rejalashtirilgan.

Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov hodisada «ukrainalik vandallar»ni aybladi.

Kerch yarim orolini Taman yarim oroli bilan birlashtiruvchi Qrim koʻprigi Rossiya va Evropadagi eng uzun koʻprik hisoblanadi — uning uzunligi 19 kilometrga teng. Koʻprik qurilishi 2016 yil fevralida boshlanib, 2019 yil dekabrida toʻliq yakunlangan. Loyiha qiymati 220 milliard rubldan oshgan.

Koʻprikning avtomobillar uchun moʻljallangan qismi 2018 yil mayidayoq ochilgandi. U orqali yoʻlovchi poezdlar qatnovi esa 2019 yil 23 dekabrdan boshlandi. Muntazam temir yoʻl yuk qatnovi 2020 yil iyulida yoʻlga qoʻyildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo