Vazira Yunusova qaynonasining fikrini qanday o‘zgartirganini gapirib berdi: “Qaynonam mendan xafa bo‘lgandi”

Vazira Yunusova qaynonasining fikrini qanday o‘zgartirganini gapirib berdi: “Qaynonam mendan xafa bo‘lgandi”
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa Vazira Yunusova qaynonasi dastlab uning kelinlik vazifalarini bajarmayotgani haqidagi gap-so‘zlardan xafa bo‘lganini, ammo bir kun davomida o‘zi bilan birga olib yurib, kundalik mashaqqatli hayotini ko‘rsatgach, fikri o‘zgarganini aytib berdi.
  • Yunusova qaynonasini ertalabdan kechgacha o‘zi bilan birga olib yurib, kelin salom, teatr repetitsiyalari va tomoshalarida ishtirok ettirgan.

Aktrisa Vazira Yunusova "Daryo Lifestyle" ko‘rsatuvida qaynonasi dastlab uning kelinlik vazifalarini to‘liq bajarmayotgani haqidagi atrofdagilarning gap-so‘zlaridan xafa bo‘lgani, shundan so‘ng turmush o‘rtog‘iga qaynonasini olib kelishlarini aytgani va qaynonasini bir kun davomida o‘zi bilan birga olib yurishga qaror qilgani haqida aytib berdi.

Aktrisa “Qaynonam mahalladagi ayollarning gaplariga ishonib, mendan xafa bo‘lgan ekanlar. “Kelin xizmat qilmayapti, qo‘ni-qo‘shnilar ham gapiryapti”, degan gaplar yetib borgan.

Shunda turmush o‘rtog‘imga “Oyijonimni olib keling”, dedim. Turmush o‘rtog‘imga ham aytmasdan bir kun qaynanomni o‘zim bilan olib yurdim. O‘sha paytlarda kelin salomlarga chiqardik. Ertalab soat to‘rt-beshda turib, ularni ham kelin salomga olib bordim.

Ikki-uchta kelin salomni o‘tkazib, qaynonamni teatrga olib kelganman. Ularni o‘tqazib qo‘yib, soat birgacha repetitsiya qilganman. Soat birdan keyin challariga ketganmiz. Qaynonam tomosha qilib o‘tirganlar, men esa challarini o‘tkazib, yana teatrga qaytib kelganman. Qaynonam spektakl tomosha qilib o‘tirganlar, men esa sahnada rol ijro etganman.

U yerdan chiqqach, kechqurun ayollar bazmiga borib, uni ham o‘tkazib, keyin uyga qaytganmiz. Qaynonam uyda dam olayotgan bir paytda men bolalarim va turmush o‘rtog‘im uchun kechki ovqat tayyorladim. Uylarni supurdim, kirlarni qo‘lda yuvdim. Ularni yoydim, hamma joyni tozalab, kiyimlarni dazmolladim.

Turmush o‘rtog‘im va bolalarimning ishlarini qilib bo‘lgach, atigi ikki-uch soat uxladim. Ertalab yana kunim boshlandi.

Shunda qaynonamga: “Oyi, yuring, kelin salomga”, deganimda: “Bo‘ldi, bo‘ldi, bolam. Siz borib kelavering. Men sizning hayotingizni tushundim”, dedilar.

Keyin qo‘llarini ochib: “Bolamni sizga topshirdim. Sizlarni Allohga topshirdim”, deb duo qildilar. “O‘singlar, bolam bilan baxtli hayot kechiringlar”, dedilar. Shundan keyin meni tushunib, rahmat aytdilar”, — deya hikoya qildi Vazira Yunusova.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar