18:14 / 17.10.2022
2 050

Ukrainadagi urushning 235-kuni: O‘lja qilingan tankdagi ukrain askarlari va Kiyevdagi vayrongarchiliklar (foto)

Ukrainadagi urushning 235-kuni: O‘lja qilingan tankdagi ukrain askarlari va Kiyevdagi vayrongarchiliklar (foto)
Qrim ko‘prigidagi portlashdan keyin Rossiya muntazam ravishda Kiyevni o‘qqa tuta boshladi — bunaqasi urushning ilk kunlaridan buyon kuzatilmagandi. Shaharning ko‘rinishi hozir qanday?

Ukraina va Rossiya kuchlari parallel ravishda hujumlarni davom ettirmoqda: Ukraina armiyasi — Xarkiv va Luhansk oblastlari chegarasida, vagnerchilar — Donetsk oblastidagi Baxmutga yurish qilmoqda. 16 oktabr kuni Belgorod oblasti ma’muriyati bir kun oldin harbiy poligonda ommaviy qotillik ro‘y bergani haqida xabar berdi.

RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lib, 15 kishi yaralangan. Ammo SOTA nashri guvohlarga tayanib 22 qurbon va 16 yarador haqida xabar bergan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish institutiga ko‘ra, Rossiya ukrainlarni bosib olingan hududlardan chiqarib, bu yerlarga RF fuqarolarini joylashtirish orqali etnik tozalash o‘tkazmoqda.

Quyida 16 oktabr, urushning 235-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donetsk ma’muriyati binosidagi vayrongarchiliklar

16 oktabr tongida Donetskdagi rossiyaparast rasmiylar shahar ma’muriyati sifatida foydalanadigan bino o‘qqa tutildi. RIA Novosti «DXR» vakolatxonasiga tayanib xabar berishicha, hujum ukraina qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Donetskdagi ma’muriyat binosiga raketa kelib tushishidan keyin yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish jarayoni. «DXR» rasmiylariga ko‘ra, binoga HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi raketasi kelib urilgan, portlash bino derazalarini to‘kib tashlagan, uchta mashina yonib ketgan, ikki kishi jarohatlangan. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi bu vaziyatga izoh bermadi.
Leon Klein / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Shahar ma’muriyati binosidagi zallardan birida hujum oqibatlari
Yegor Aleyev / TASS

Ozod etilgan Kupyanskda Ukraina bayrog‘i ranglaridagi graffitilar

Xarkiv oblastining Kupyansk shahrida o‘q va raketa parchalari izlari qolgan devorga surat chizayotgan ukrainalik. Ushbu sh​​​​​​ahar fevral oyidayoq Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingandi. 10 sentyabr kuni Kupyansk uzra yana Ukraina bayrog‘i ko‘tarildi.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA


Kupyanskdagi uylardan biri devoriga Ukraina bayrog‘i ranglarida graffiti chizayotgan ko‘cha rassomlari.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA


Ukraina qurolli kuchlari askari va ko‘cha rassomi shahar nomini ukrain tilida qayta yozmoqda. Rossiyaliklar Kupyansk istilosi chog‘ida nomni ruschada yozib qo‘yishgandi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

O‘lja qilingan tankdagi ukrain askarlari

Kupyansk yaqinida rossiyaliklardan o‘lja qilib olingan tankda ketayotgan ukrain harbiylari
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA


Ukrain harbiylari rossiyaliklar tankidan quvvatlash uchun akkumulatorni chiqarib olishmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA


Ukraina harbiylari o‘lja qilib olingan rus tankini payqab qolmasliklari uchun shox-shabbalar bilan bekitmoqda.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyevda bir hafta oldingi raketa zarbalari oqibatlari

Taras Shevchenko universiteti qoshidagi Maksimovich ilmiy kutubxonasi zali. 10 oktabr kuni Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Ukrainaning boshqa ko‘plab shaharlariga hujum qilgandi. Poytaxtdagi universitet binosi ham o‘qqa tutildi. Ilmiy kutubxona zali ayniqsa jiddiy zarbaga uchragan: zal portlash nuqtasiga juda yaqin joyda, bino burchagida joylashgan.
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Taras Shevchenko parkiga raketa tushganidan keyin hosil bo‘lgan o‘rada o‘ynayotgan bolalar. 10 oktabr kuni shahar markazdagi suv ta’minoti tarmog‘i, 101 Tower biznes markazi binosi va «Klichko ko‘prigi» deb ham nomlanuvchi piyodalar va velosiped ko‘prigi shikastlangandi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Kiyevda zarbalar oqibatida shikastlangan trotuar va graffiti
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Kiyevliklar havo trevogasi vaqtida yana metroga tushib bekinmoqda.
Ivan Lyubysh-Kirdey / Reuters / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo