
Foto: rada.gov.ua
«Ukraina Oliy sudi tarkibidagi Kassatsiya ma’muriy sudi «Ukraina sotsialistik partiyasi» apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. Bu bilan uning faoliyati mamlakat hududida uzil-kesil taqiqlandi», deyiladi Ukraina xavfsizlik xizmati xabarida.
Ukrainada faoliyati taqiqlangan rossiyaparast partiyalar soni 12 taga yetdi. Hozirgi paytda mamlakatda «Muxolifat bloki», «Sotsialistlar», «Adolat va rivojlanish», «Biznikilar», «Davlat», «Shariy partiyasi», «Vladimir Saldo bloki», «So‘l oppozitsiya», «So‘l kuchlar ittifoqi», «Hayot uchun — muxolifat platformasi», «Ukraina progressiv sotsialistik partiyasi», «Ukraina sotsialistik partiyasi» faoliyati taqiqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar