Putin G‘arb siyosatini qonli va jirkanch deb atadi

Putin G‘arb siyosatini qonli va jirkanch deb atadi
G‘arb mamlakatlari olib borayotgan siyosat qonli va jirkanch, u mamlakatlar va xalqlar suverenitetini inkor qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.

Dunyo ustidan hukmronlik – bu G‘arbning o‘z o‘yinida tikkan pulning xuddi o‘zi, biroq bu o‘yin, shubhasiz, xavfli, qonli va, men aytgan bo‘lardimki, jirkanch. U mamlakatlar va xalqlar suverenitetini, ularning o‘ziga xosligi va nodirligini inkor qiladi. Boshqa davlatlar manfaatlarini sariq chaqaga olmaydi, - dedi Rossiya rahbari.

“Valday”klubining bu yilgi yig‘ilishida 41 mamlakatdan 111 nafar ekspert, siyosatchi, diplomat va iqtisodchilar qatnashmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar