
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb nashrlarining Kiyev Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga da’vat etilayotgani haqidagi xabarlaridan keyin muloqot boshlash uchun Ukrainaning shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda u 7 noyabr kuni kechki murojaatida aytib o‘tdi.
Ushbu shartlar quyidagilardan iborat:
- Rossiyaga qo‘shib olingan hududlar qaytarilgan holda Ukraina hududiy yaxlitligining qayta tiklanishi;
- BMTga hurmat;
- barcha zararlarning qoplanishi;
- har bitta harbiy jinoyatchining jazolanishi;
- bu boshqa hech qachon takrorlanmasligining kafolatlanishi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 8, 2022
Avvalroq AQSH va NATO hukumati Ukraina armiyasi Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallangan Xersonni ozod etganidan keyin Rossiya bilan muzokaralarni boshlashi mumkin, degan fikrda ekanligi, AQSH bunday xabarni Yevroittifoqqa uzatgani va endi bu fikrni Ukraina hukumatiga uqtirayotgani xabar berilgandi.
Noyabr boshrog‘ida Amerikaning The Washington Post gazetasi AQSH prezidenti ma’muriyati Ukraina hukumatiga murojaat qilib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlar aholisini xavotirga solmaslik uchun Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyorligini ommaga namoyish qilishni so‘ragani haqida xabar bergandi.
Ukraina Rossiya bilan muzokaralardan rasman voz kechgandi
30 sentyabr kuni Kremlda Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hamda Ukrainaning Xerson va Zaporoje viloyatlari bosib olingan qismlarining «Rossiya tarkibiga kirishi» haqida shartnomalar imzolandi. O‘sha kuniyoq Ukraina hukumati NATOga qo‘shilish uchun ariza berdi. Zelenskiy o‘shanda Rossiya bilan muloqotga tayyorligini aytgan, lekin «boshqa prezident bilan» degan edi.
4 oktabr kuni esa Ukraina rasman Putin bilan har qanday muzokaralardan bosh tortdi.
Rossiya vakillari Ukraina bilan 2022 yil bahorida (Buchada tinch aholi o‘ldirilganidan keyin) uzilib qolgan muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini ko‘p marta aytgan. Meduza manbalariga ko‘ra, Rossiya hukumati Ukraina bilan to‘la-to‘kis yarashuv sulhi haqida emas, balki 2023 yil fevral martida yangi hujumga tayyorlanish uchun muvaqqat osoyishtalikdan foydalanish maqsadida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib olish istagida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar