23:22 / 12.11.2022
1 175

Ukraina so‘nggi yil davomida 13 million birlik qurol oldi

Ukraina so‘nggi yil davomida 13 million birlik qurol oldi
Foto: Reuters
2022 yil davomida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan 13,2 million birlikdan ortiq harbiy texnika va qurol sotib olindi.

Ukraina Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, bu raqamga sotib olingan raketalar, artilleriya tizimlari va o‘q-dorilar ham kiradi.

Vazirlik hisobotidan Ukrainada ishlab chiqarilgan qurollar ham joy olgan, xususan, unda tankka qarshi «Korsar» va «Skif» tizimlari, MiG-29MU1 samolyotlari, Mi-8-MSB-V vertolyotlari va «Neptun» qirg‘oq-raketa tizimi bor.

Hujjatda aytilishicha, fevral oyida Ukrainada harbiy harakatlar boshlangan paytda qurollarning atigi 10 foizi yangi yoki modernizatsiya qilingan holatda bo‘lgan. Artilleriya snaryadlari va minalar esa uzog‘i bilan 1,5 oyga yetgudek darajada edi.

Sentyabr oyida Ukraina Moliya vazirligi 24 fevraldan buyon xalqaro hamkorlardan 18 milliard dollarga yaqin moliyaviy yordam olgani haqida xabar bergan edi. Bu qiymatga Ukraina Qurolli kuchlariga boshqa davlatlar tomonidan yetkazib berilgan qurol-yarog‘ narxi kirmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo