
Britaniyalik 11 yoshli Yusuf Shoh IQ-testda 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun maksimal ball to‘pladi va intellekt bo‘yicha Stiven Xoking va Albert Eynshteynni ortda qoldirdi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.
Qarindoshlari Yusuf Shohni doim juda aqlli deb aytishardi va bir kuni o‘smir bu gaplar rostmi yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rishga qaror qiladi.
O‘zining intellektual qobiliyatlarini baholash uchun u Mens IQ testini topshirdi va rekord ball oldi. Uning natijasi nazariy fiziklar Stiven Xoking va Albert Eynshteynnikidan bir pog‘ona yuqori edi.
«Biz xursandmiz, lekin sodir bo‘lgan voqeaga xotirjam munosabatda bo‘ldik. Men o‘g‘limga: «Agar senda iste’dod bo‘lsa, bu yetarli emas. Eng mehnatkash bo‘lish ham kerak», deb doim aytaman», dedi uning onasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar