00:10 / 25.11.2022
2 634

Qrimda rus harbiylariga Shahed dronlaridan foydalanishni o‘rgatmoqchi bo‘lgan eronlik harbiy maslahatchilar o‘ldirildi

Qrimda rus harbiylariga Shahed dronlaridan foydalanishni o‘rgatmoqchi bo‘lgan eronlik harbiy maslahatchilar o‘ldirildi
Foto: Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksey Danilov Qrimda eronlik harbiy maslahatchilar o‘ldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, eronliklar Qrimda Rossiyaga Tehron hukumati tomonidan yetkazib berilgan Shahed-136 qurolli uchuvchisiz uchoqlarini boshqarishda yordam bermoqchi bo‘lgan. Buning ortidan Ukraina hududida Rossiya bosqinini qo‘llab-quvvatlagan boshqa eronliklar ham nishonga olinishidan ogohlantirgan.

«Siz bo‘lmasligingiz kerak bo‘lgan joyda bo‘lmasligingiz zarur. Eronliklar bizning hududimizda edi. Ularni bu yerga taklif qilganimiz yo‘q, agar ular 'terrorchilar' bilan hamkorlik qilib, xalqimizni yo‘q qilishda ishtirok etsa, biz ularni o‘ldiramiz», — dedi Danilov.

Ukrainada Eron dronlari mavjudligini rad etganidan keyin, Tehron Rossiyaga dronlarning «oz qismi»ni Ukrainadagi urush boshlanishidan bir necha oy oldin yetkazib berganini da’vo qildi. Tehron ishg‘ol qilingan hududdan rossiyaliklarga dronlarni uchirishga yordam berish uchun eronlik mutaxassislarni yuborganini rad etadi.

«Eronliklar Rossiyani qurol bilan ta’minlamasligini ta’kidlamoqda, ammo buni tasdiqlash kerak. Bugungi kunda bizda bu tasdiq bormi? Yo‘q. Dronlarni ishlatish o‘rgatilmaguncha ulardan foydalanish imkoni yo‘qligini bilamiz. Ruslarning aqli dron ishlashini tushunishga yetmaydi. Zamonaviy dunyoda hech narsani yashira olmaysiz. Dronlar haqidagi ma’lumot qachon ommaga e’lon qilinishi vaqt masalasidir», — deydi Ukraina rasmiysi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Rossiyaga ballistik raketalarni yetkazib bergani yoki yo‘qligi aniq emas.

«Biz bu savolga javob berishga harakat qilmoqdamiz. Bunday emasligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Agar bu rost bo‘lsa, u bizga ikkita narsani ochiqlaydi. Birinchidan, Rossiya hech bo‘lmaganda urushni davom ettirishga imkon beradigan raketalarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ega emas. Ikkinchidan, agar 1979 yildan beri sanksiyalar ostida bo‘lgan davlat (Eron) bunday qurollarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa, qanday sanksiyalar haqida gapiryapmiz? Demak, qarorni ijro etish borasida katta savol tug‘iladi», — deya xulosa qiladi Danilov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo