Xitoyning Long March 6C raketasi orbitada parchalanib ketdi

Xitoyning Long March 6C (Chanchjen-6C) raketa-tashuvchisining yuqori pogʻonasi pastki yeroldi orbitasida kutilmagan nosozlik tufayli parlanib ketdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur koʻngilsiz hodisa yetti ta sunʼiy yoʻldosh muvaffaqiyatli uchirilganidan atigi ikki kun oʻtib sodir boʻlgan va oqibatda kosmosda oʻnlab, ehtimol yuzlab yangi qoldiqlar paydo boʻlgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlumotlarga koʻra, kosmik kema 25-avgust kuni Tayyuan kosmodromidan muvaffaqiyatli ravishda fazoga yoʻl olgan va rejadagi barcha apparatlarni orbitaga chiqargan. Biroq oradan taxminan qirq sakkiz soat oʻtgach, LeoLabs kuzatuv tizimlari orbitada qolgan yuqori pogʻona atrofida koʻplab yangi obyektlarni aniqlagan.
Kosmik chiqindilar koʻlami va xavfi
Parchalanish alomatlarini ilk bor Gʻarbiy Avstraliyadagi kompaniya radari qayd etgan. Shundan soʻng Yangi Zelandiyadagi boshqa stansiya kuzatuvlari ham bu holatni toʻliq tasdiqlagan. Dastlabki oʻlchovlarga koʻra, halokat 27-avgust kuni pogʻona taxminan 396 dan 482 kilometrgacha boʻlgan ellipssimon orbitada harakatlanayotgan paytda yuz bergan.Hozircha hosil boʻlgan boʻlaklarning aniq soni nomaʼlumligicha qolmoqda. Mutaxassislar ushbu hodisa koʻlamini oʻnlab yoki yuzlab yangi parchalar diapazonida baholamoqda va ularning barchasi hozirda yaqin traektoriyalar boʻylab harakatni davom ettirmoqda.
Muntazam takrorlanayotgan holatlar
LeoLabs taqdim etgan statistik maʼlumotlarga qaraganda, bu Xitoyning Long March 6 oilasiga mansub raketa pogʻonalarining pastki yeroldi orbitasida parchalanishi bilan bogʻliq soʻnggi toʻrt yil ichidagi uchinchi shunday holatdir. Birlamchi shunday favqulodda holat 2022-yil 12-noyabrda qayd etilgan boʻlsa, ikkinchisi 2024-yil 6-avgustda sodir boʻlgan.Shunga qaramay, mutaxassislar birmuncha tasalli beruvchi omillarni ham taʼkidlashmoqda. Xususan, orbitalarning nisbatan past balandlikda joylashgani vaziyatni biroz yumshatadi. Yuqori qatlam atmosferasining qarshiligi ushbu boʻlaklarning tezligini asta-sekin pasaytirib, ularning Yer atmosferasiga kirib borishi va bir necha yil ichida toʻliq yonib ketishini taʼminlaydi.
Hozirgi vaqtda raketa yuqori pogʻonasining parlanib ketishiga aniq nima sabab boʻlgani nomaʼlumligicha qolmoqda. Vakolatli idoralar va mutaxassislar tomonidan texnik sabablarni aniqlash boʻyicha oʻrganishlar davom ettirilmoqda.






























Izohlar 0
…