Apple kompaniyasi iPhone 18 smartfonlari uchun savdo grafigini oʻzgartiradi

Apple kompaniyasi anʼanaviy sotuvlar grafigiga oʻzgartirish kiritib, kelgusida taqdim etiladigan iPhone 18 smartfonlari uchun dastlabki buyurtmalarni qabul qilish sanasini oʻzgartirishi kutilmoqda. MacWorld nashrining ihonchli manbalarga tayanib tarqatgan maʼlumotlariga koʻra, bu yilgi taqvim AQShdagi xotira kuniga toʻgʻri kelgani sababli odatdagi tartibdan farq qiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Rasmiy eʼlonlarga asosan, yangi qurilmalar namoyish etiladigan anʼanaviy kuzgi taqdimot 9-sentabr sanasiga belgilangan. Biroq oldindan buyurtma berish jarayoni odatdagidek taqdimotdan keyingi juma kuni emas, balki 12-sentabr, shanba kuni boshlanishi maʼlum boʻldi.
Grafik oʻzgarishining sabablari
Ushbu oʻzgarishga 2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir etilgan terakt qurbonlarini xotirlash kuni sabab boʻlgan. Juma kuni ushbu motam sanasiga toʻgʻri kelgani sababli kompaniya xavfsizlik va axloqiy nuqtayi nazardan savdo boshlanishini bir kunga surishga qaror qilgan.Taʼkidlash joizki, Apple bunday amaliyotga ilk bor duch kelayotgani yoʻq. 2015-yilda ham shunday holat kuzatilgan boʻlib, oʻshanda iPhone 6s hamda iPhone 6s Plus modellari uchun dastlabki buyurtmalar xuddi shunday sababga koʻra shanba kuni ochilgan edi.
Kutilayotgan boshqa qurilmalar
9-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan yirik taqdimotda kompaniya nafaqat asosiy smartfonlar liniyasini, balki bir qator boshqa muhim qurilmalarni ham namoyish etishi kutilmoqda. Ularning qatoriga Apple Watch Series 12 va Watch Ultra 4 aqlli soatlari ham kiradi.Bundan tashqari, texnologiya olamida katta qiziqish uygʻotayotgan tarixda ilk bor chiqarilayotgan buklama dizayndagi iPhone Ultra ham shu tadbirda koʻrsatilishi kutilmoqda. Biroq mazkur innovatsion qurilmaning savdoga chiqish muddati qolgan modellarnikidan farq qilishi mumkin.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ilk buklama smartfon uchun buyurtmalarni qabul qilish jarayoni sentabr oyining ikkinchi yarmigagina moʻljallangan. Bu esa yangi turdagi gadjetni ishlab chiqarish va bozorga chiqarish jarayonlari oʻziga xos bosqichma-bosqich amalga oshirilishidan dalolat beradi.






























Izohlar 0
…