Toshkent osmonida O‘zbekiston bayrog‘i aks etdi

Toshkent osmonida O‘zbekiston bayrog‘i aks etdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangi Toshkent osmonida harbiy samolyotlar ishtirokida namoyishli parvoz tashkil etildi. Uzbekistan Air Force Telegram kanali manyovrga tayyorgarlik jarayoni aks etgan videoni e’lon qildi.

O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotlari maxsus parvoz davomida osmonda ko‘k, oq va yashil rangdagi tutun izlarini qoldirib, davlat bayrog‘i ranglarini aks ettirdi.

Harbiy samolyotlarning uchib o‘tishi prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlash uchun sahnaga chiqqan vaqtda sodir bo‘ldi.

Toshkent osmonida O‘zbekiston bayrog‘i aks etdi

Yangi Toshkent osmonidagi ushbu havo namoyishi mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarning e’tiborli lavhalaridan biri bo‘ldi.

Bayramona parvoz aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar