01:52 / 09.12.2022
1 087

«Orion» kosmik kemasi Oyni aylanib o‘tdi va Yerga yo‘l oldi

«Orion» kosmik kemasi Oyni aylanib o‘tdi va Yerga yo‘l oldi
Foto: NASA
NASA tomonidan uchirilgan «Orion» kosmik kemasi Oyni aylanib o‘tdi va gravitatsiya kuchidan foydalanib, Yer sari yo‘l oldi. Bu Artemis 1 missiyasi nihoyasiga yetayotganini anglatadi.

Ekipajsiz kapsula o‘zining eng yaqin nuqtasida Oy yuzasidan 130 km masofada uchib o‘tdi va turli manyovrlarni sinab ko‘rdi. Ushbu manyovrlardan odamlarni kelajakda Oyga yuborish jarayonida foydalaniladi.

Kapsula Oyning orqa tomoniga o‘tganida, u bilan aloqa 30 daqiqaga uzilib qoldi. Shundan so‘ng, Kapsula asosiy dvigatellari uch daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ishga tushirilib, uni Yerga yo‘naltirdi.

Endi Orion 11 dekabr kuni San-Diyego yaqinidagi Tinch okeaniga qo‘nishi kutilmoqda.

Artemis missiyasi rahbari Mayk Sarafin so‘zlariga ko‘ra, Orion Yerga qaytguncha 1,4 million mildan ortiq masofani bosib o‘tadi.

Missiyaning keyingi bosqichi Artemis II deb nomalanadi va unda odamlar ekipaji Oyga parvoz qilib, uni aylanib o‘tadi, biroq qo‘nmaydi.

Artemis III missiyasi doirasida erkak va ayol astronavtlar Oy yuzasiga qo‘nadi. Bu 2025 yildan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo