14:44 / 09.12.2022
2 337

«Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?» — Putin

«Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?» — Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Mudofaa vazirligining Ukraina energetika obyektlariga raketa zarbalarini ukrainalik harbiylar xatti-harakatlariga javob deb atadi. U «Oltin yulduz» medallari bilan taqdirlash marosimi ishtirokchilari bilan muloqot qilayotib, shunday bayonot bilan chiqdi.

«Hozir bizning qo‘shni mamlakat energetika infratuzilmasiga zarbalarimiz borasida shov-shuv ko‘p bo‘lyapti. Ha, biz buni qilyapmiz. Lekin kim boshladi? Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi, Kursk atom elektr stansiyasidan elektr uzatish simini kim uzdi, Donetskda kim suvni to‘sib qo‘ydi? Bir million aholi yashaydigan shaharda suv bermaslik — genotsidlik harakati. Hech kim bu haqda hech qayerda bitta so‘z ham aytmadi. Umuman butunlay jimjitlik. Biz bunga javoban nimadir qilsak, sal qimirlasak — shov-shuv, qiy-chuv butun olamni bosib ketadi. Bu bizga jangovar vazifalarni amalga oshirishda xalal bermaydi», — dedi Putin.

Oktabr boshidan buyon Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududiga ommaviy raketa zarbalari berib, harbiy va energetika obyektlariga zarbalar bermoqda, shuningdek, noharbiy infratuzilmaga ham daxl qilmoqda. Oqibatda Ukrainaning barcha yirik IES va GESlari zarar ko‘rdi.

Tinch aholi orasidagi qurbonlar haqida ko‘p bora xabar berilgan. Kreml raketa zarbalari 8 oktabr kuni Qrim ko‘prigi portlatilishiga javob bo‘lganini aytgan. Shuningdek, Rossiya hukumati vakillari zarbalar G‘arb tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotganiga javoban berilayotgani va Kiyev Moskva bilan muzokaralar stoliga qaytmagunicha ular davom etishini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?» — Putin