Shahzoda Muhammedova nega o‘zi yaratgan libosiga ulkan bantik taqdi? Ko‘pchilik qiziqtirgan savolga javob berdi

1 daqiqa o'qish349
Shahzoda Muhammedova nega o‘zi yaratgan libosiga ulkan bantik taqdi? Ko‘pchilik qiziqtirgan savolga javob berdi

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova yangi ijodiy libosidagi katta pushti bantik nega aynan shunday hajmda tanlangani haqidagi muxlislar savoliga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, bantikning kattaligi tasodifiy emas — u aynan e’tibor tortish va libosga o‘ziga xoslik berish uchun shunday yaratilgan.

Shahzoda avvalgi postidan so‘ng ko‘plab muxlislar libosdagi bantikning hajmiga e’tibor qaratganini aytdi. Ayrimlar undan nega bantikni kichikroq qilmaganini so‘ragan.

"Oldinroq liboslarimga kichkina, kamtarona bantik tikkanimda, uni hech kim payqamagan ham edi", — deya yozdi u.

Dizaynerning fikricha, bugungi modada oddiylikdan ko‘ra noodatiy va ko‘zga tashlanadigan detallar ko‘proq e’tibor uyg‘otmoqda. Shahzoda katta hajmdagi elementlar zamonaviy yuqori moda yo‘nalishlarida ham uchrashini ta’kidladi. Uning uchun bantik shunchaki bezak emas, balki glamour, kreativlik va jasorat ramzi.

U kiyimlari oddiy mato sifatida qolib ketmasdan, odamda qandaydir emotsiya uyg‘otishini istashini bildirdi.

Shahzoda Muhammedovaning aytishicha, muxlislarning bantik hajmini muhokama qilgani uning dizaynerlik g‘oyasi o‘z maqsadiga yetganini ko‘rsatadi.

"Agar bu bantik sizni to‘xtashga, fikr bildirishga majbur qilgan bo‘lsa, demak, mening dizaynerlik g‘oyam yuz foiz ishladi", — deya izoh berdi u.

U katta pushti bantikni o‘zining «kreativ manifesti» deb atadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?