16:41 / 11.12.2022
1 358

Germaniya kansleri Putinning Ukrainadagi urushda yon berishiga ishonmayapti

Germaniya kansleri Putinning Ukrainadagi urushda yon berishiga ishonmayapti
Foto: Facebook
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya rahbari Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushda yon berishi mumkinligiga shubha qilmoqda, deb yozadi Bild nashri.

«Putin bilan har safar gaplashganimda, u juda aniq qilib gapiradi, gap biror nimani zabt etish haqida bo‘ladi», — deydi Shols.

«U shunchaki Ukraina hududining bir qismini kuch bilan egallab olishni istamoqda», — deya qo‘shimcha qildi Germaniya hukumati rahbari.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonining katta yo‘qotishlariga qaramay bu sodir bo‘lmoqda.

«Biz qancha rossiyalik harbiy halok bo‘lganini aniq bilmaymiz. Lekin bu 100 ming kishi bo‘lishi mumkin», — ta’kidladi u.

Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Putin tomonidan hech qanday yon berish yo‘q. Ammo barcha kelishmovchiliklarga qaramay, Ukraina bilan bog‘liq biror o‘zgarish bor-yo‘qligini tekshirish uchun u bilan yana va yana gaplashish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri Putinning Ukrainadagi urushda yon berishiga ishonmayapti