Qozog‘istonda fermer hokimni pichoqlab o‘ldirdi

Foto: AP
Qozog‘istonning Olg‘a tumani, Qorabuloq qishloq okrugi hokimi Yernar Maxambetov mahalliy fermer bilan janjal oqibatida vafot etdi.
Voqea 12 dekabr kuni tunda sodir sodir bo‘lgan. Oqto‘be viloyati IIB xabariga ko‘ra, dehqon xo‘jaligi rahbari bilan 36 yoshli erkak o‘rtasida og‘zaki janjal sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, fermer jabrlanuvchining qorin qismiga pichoq urib, jarohat yetkazgan. Hodisa oqibatida hokim vafot etgan. Holat yuzasidan «Qotillik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jarohatlangan hokim shifoxonada ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan.
Maxambetov 2019 yil aprel oyida shu lavozimga tayinlangan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qozog‘istonning Olg‘a tumani, Qorabuloq qishloq okrugi hokimi Yernar Maxambetov mahalliy fermer bilan janjal oqibatida vafot etdi.
Voqea 12 dekabr kuni tunda sodir sodir bo‘lgan. Oqto‘be viloyati IIB xabariga ko‘ra, dehqon xo‘jaligi rahbari bilan 36 yoshli erkak o‘rtasida og‘zaki janjal sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, fermer jabrlanuvchining qorin qismiga pichoq urib, jarohat yetkazgan. Hodisa oqibatida hokim vafot etgan. Holat yuzasidan «Qotillik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jarohatlangan hokim shifoxonada ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan.
Maxambetov 2019 yil aprel oyida shu lavozimga tayinlangan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…