21:45 / 16.12.2022
2 069

Putin Ukrainaga bostirib kirish Rossiya iqtisodiyotini o‘ldirishini bilgan

Putin Ukrainaga bostirib kirish Rossiya iqtisodiyotini o‘ldirishini bilgan
Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan oldin, Rossiya Sberbanki rahbari German Gref va Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina mamlakat prezidenti Putinni to‘xtatib, urushning oldini olishga harakat qilgan. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Bank rahbarlari shu tariqa Rossiya iqtisodiyotini saqlab qolishga harakat qilgan. Ular G‘arb sanksiyalarining mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida ham ogohlantirgan. Gref Putinga Ukrainaga bostirib kirishning halokatli oqibatlaridan ogohlantiruvchi 39 sahifalik taqdimot tayyorlagan. Rossiya Markaziy banki rahbari ham urush yuz bergan taqdirda mamlakat iqtisodiyoti xavf ostida qolishi haqida fikr bildirgan.

«Biroq, hech kim Putinni Ukrainaga qilingan hujum u va butun Rossiya uchun ham xato ekanligiga ishontira olmagan. Ular Putin bilan uchrashuvni tashkillashtirilish uchun yetarli darajada jasoratli edi, lekin bank rahbarlari o‘z xabarlarini yetkaza olmadi», deyiladi xabarda.

Putin Donbassdagi harbiy amaliyotlarni Rossiya emas, 2014 yilda Ukrainada hokimiyat tepasiga kelgan siyosatchilar boshlaganini aytgandi. Prezident yadro urushi ehtimoli haqida ham gapirib, mazkur tahdid kuchayayotganidan ogohlantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukrainaga bostirib kirish Rossiya iqtisodiyotini o‘ldirishini bilgan