29 ta barmoqli mushuk jahon rekordini o‘rnatdi

29 ta barmoqli mushuk jahon rekordini o‘rnatdi

AQSHning Viskonsin shtatidagi Erebus Anomali ismli Meyn-kun zotli mushukcha 29 ta barmog‘i bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Oddiy mushuklarda jami 18 ta barmoq bo‘ladi. Erebusda esa bir panjasida 8 ta, qolgan uchtasida 7 tadan barmoq bor. Bu holat polidaktiliya deb ataladigan irsiy xususiyat bilan bog‘liq.

Erebus shu natija bilan 2002 yildan beri saqlanib kelgan 28 ta barmoqli rekordni yangiladi. Qizig‘i, uning otasida ham 24 ta barmoq bo‘lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar