Futbol to‘pini boshida ushlab, 17 ta futbolka kiygan erkak Ginnes rekordini o‘rnatdi

Kosovolik Ajim Agushi g‘ayrioddiy mahorati bilan yangi jahon rekordini o‘rnatdi. U futbol to‘pini boshida uzluksiz nazorat qilib turgan holda ketma-ket 17 ta futbolka kiyishga muvaffaq bo‘ldi.
56 yoshli Agushi bu natija bilan o‘zining avvalgi 14 ta futbolkadan iborat rekordini yangiladi. Uning aytishicha, 17 raqami Kosovoning 17 fevral — Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan.
Agushi bundan tashqari, futbol to‘pini boshida nazorat qilish bilan bog‘liq yana bir nechta jahon rekordlariga ega.






























Izohlar 0
…