Qarzdorlikka bee’tibor bo‘lmang

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi ish yurituviga Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 02.03.2026 yildagi “Bek Eko Hause” MCHJdan undiruvchi “InfinBank” AJ foydasiga 502 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovdagi avtotransport vositasiga qaratish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro hujjati talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.
Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan “HOWO” rusumli transport vositasi ro‘yxatga olinib, xatlandi.
Endilikda, kredit qarzlari qaytarilmasa avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.































Izohlar 0
…