SI yordamida miyadagi o‘simta ilk bor operatsiyada olib tashlandi

Buyuk Britaniyada shifokorlar miyadagi o‘smani olib tashlash operatsiyasida sun’iy intellektdan real vaqtda foydalandi. Bu texnologiyaning tirik bemordagi neyrojarrohlikda birinchi qo‘llanishi bo‘ldi.
48 yoshli Ris Xibbertning gipofiz bezida 11 millimetrlik, saraton bo‘lmagan o‘sma aniqlangan. U miyada ko‘rish asablari va muhim qon tomirlariga yaqin joylashgani sababli ko‘rish qobiliyatiga xavf tug‘dirgan.
Operatsiya vaqtida SI endoskop kamerasidan kelayotgan tasvirni jonli tahlil qilib, jarrohlarga muhim asablar, qon tomirlari va xavfli hududlarni aniqlashda yordam bergan. Jarroh esa barcha qarorlarni o‘zi qabul qilgan.
Tizim avvalgi yuzlab gipofiz operatsiyalari videolari asosida o‘qitilgan. Operatsiyadan so‘ng Xibbertning ko‘rishi sezilarli darajada yaxshilangani xabar qilindi.






























Izohlar 0
…