07:30 / 23.12.2022
1 593

Putin: «Hech kim rus xalqi birlashishini xohlamaydi, lekin biz buni qilamiz»

Putin: «Hech kim rus xalqi birlashishini xohlamaydi, lekin biz buni qilamiz»
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Ukrainada o‘zini rus dunyosining bir qismi deb hisoblaydigan xalqqa qarshi chiqish mumkin emas. Ammo unga qarshi «urush boshlangan», Rossiya bunga uzoq vaqt «chidab kelgan».

«Ular maydalab tashlashga urinishadi, biz esa birlashtiramiz. Bizdan boshqa hech kim rus xalqining birlashishini xohlamaydi. Biz esa buni qilamiz. Oxiriga yetkazamiz», dedi Putin.

Vladimir Putinning fikriga ko‘ra, «ajratib tashla va hukmronlik qil» tamoyili hali ham siyosatda faol qo‘llanadi.

«Bizning ehtimoliy raqibimiz, raqiblarimiz doim shu haqda orzu qilgan va shu ish bilan shug‘ullangan. Ular bizni bo‘lib tashlab, so‘ng alohida qismlarni boshqarmoqchi bo‘lishgan», — dedi Putin.

21 dekabr kuni Vladimir Putin Ukraina xalqini hamon qardosh deb hisoblashini aytdi. Uning fikricha, xorijiy davlatlarning siyosati doimo «rus dunyosi»ni parchalashga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo