
Foto: kazanexpress.ru
«Moya Amina» musulmon qo‘g‘irchog‘i Rossiyaning Tatariston Respublikasida savdoga chiqarildi. Qayd qilinishicha, qo‘g‘irchoq xavfsiz plastmassadan tayyorlangan, hidsiz plastik, bo‘yi 43 sm, boshi, qo‘llari va oyoqlari harakatchan, qalin uzun jigarrang sochlari va jigarrang ko‘zlari bor.
Shuningdek, qo‘g‘irchoq Qur’oni Karimning 10 ta surasini, namoz duolarini va Oyat-al-Kursiyni arab tilida, tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o‘qishi aytilmoqda. E’londa keltirilishicha, bola qo‘g‘irchoq bilan o‘ynab, sura va duolarni tez yodlab olishi mumkin.
Bundan tashqari, «Amina» qo‘g‘irchog‘i kamtarona, chiroyli, bayramona libosda kiyingan. Qo‘g‘irchoq solingan qutida qo‘shimcha namoz libosi, joynamoz, pushti hamyon, soch cho‘tkasi va oyna borligi ta’kidlangan.

Foto: kazanexpress.ru
Qo‘g‘irchoq 5500 rubl (taxminan 900 ming so‘m) narxda taklif qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar