
Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov ukrain OAVlaridan intervyu bergani xabar qilinmoqda. Razvedka tashkilotining rahbarining ayrim fikrlari quyida e’lon qilinmoqda.
“Yaqin kelajakda vaziyatning tubdan o‘zgarishi kutilmaydi. Buning bir qancha obyektiv sabablari bor. Rossiya endi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi va u hamon hujum qilish uchun «sinab ko‘rmoqchi» yagona joy bu Baxmut. Ular bu yo‘nalishda katta muvaffaqiyatlarga erisha olishmadi. Avgust oyidan beri ruslar Baxmut “deyarli qo‘lga olingani”ni tinimsiz gapirishadi, hozir dekabr oyining oxiri”.
Budanov 1991 yilgi ma’muriy chegaralarga (u buni urush oxiridagi birinchi bosqich deb atagan) erishish uchun juda ko‘p qurol kerak, deydi.
“Biz yo‘qotilgan barcha hududlarni qaytarib olamiz. Ukraina 1991 yil chegaralarida tan olingan davlatdir. Bunga rozi bo‘lmaganlar Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri mavjud bo‘lgan dunyo tartibi va BMTning yangi asoslari bilan rozi emas”, degan Ukraina harbiy razvedkasining rahbari.
Ukrainaning Qrim yarim orolini qaytarib olish haqidagi savolga u «Qrimni qaytarib olishda ham kuch, ham diplomatiya ishlatiladi. Lekin kuchsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Bizning askarlar qo‘llarida qurol bilan u yerga borishadi», deb javob bergan.
Eronning Rossiyaga berayotgan yordami haqida so‘zlagan Budanov bu ko‘mak uchuvchi “mopedlar” bilan nihoyasiga yetishini aytgan. Uning fikricha, Eron ruslarga raketalar berishga jur’at qila olmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar