
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalidagi videomurojaatida Donbassdagi vaziyat Ukraina harbiylari uchun og‘irligicha qolayotganini aytdi.
«Baxmut, Kremennaya va Donbassdagi boshqa hududlar hozir maksimal kuch va konsentratsiyani talab qilmoqda. U yerda ahvol qiyin, og‘riqli», — dedi u.
Baxmut Donetskdan 60 km shimolda joylashgan. Rossiya Mudofaa vazirligi va DXR rasmiylari dekabr oyi boshidan beri shahar hududidagi hujumlar haqida xabar berib kelmoqda. Avval Zelenskiy Baxmutdagi janglarni mamlakat Qurolli kuchlari uchun «qaynoq va eng og‘riqli» janglardan biri sifatida baholagandi. 20 dekabr kuni Zelenskiy shaharga tashrif buyurib, uni mudofaa qilayotgan Ukraina harbiylari bilan uchrashdi.
Kremennaya shahri Severodonetsk viloyatida LXR g‘arbida joylashgan. Rossiya armiyasi aprel oyida uni nazorat ostiga olgani haqida xabar bergan edi. Kremennaya yaqinida bir necha oydan beri janglar davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar