Namanganda 66 yoshli ayol 4 metrlik quduqqa tushib ketdi

Namangan viloyatining Chust tumanida 66 yoshli ayol xonadonidagi 4 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi. U FVV qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz tarzda olib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 12 sentyabr kuni soat 06:46 da «Xo‘jaobod» MFY, Muqimiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Ayol quduqqa ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
«112» tizimi orqali xabar kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkor yetib borib, 66 yoshli ayolni quduqdan olib chiqqan va tibbiyot xodimlariga topshirgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, ayolning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida u tan jarohati olmagan.






























Izohlar 0
…