22:06 / 27.12.2022
1 671

Rossiyada sobiq senator va uning otasi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Rossiyada sobiq senator va uning otasi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: TASS
Moskva shahar sudi Qorachoy-Cherkesiya Respublikasining (QCHR) sobiq senatori Rauf Arashukov va uning otasi, «Gazprom Mejregiongaz» bosh direktorining sobiq maslahatchisi Raul Arashukovni jinoiy hamjamiyat tuzish, qotillik va mablag‘larni o‘zlashtirishda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

So‘nggi so‘zda Arashukovlar o‘zlarining aybsizligini e’lon qildilar va suddan adolat so‘radilar.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kichik Arashukov 2010 yilda QCHR «Adige-Xase» yoshlar ijtimoiy harakati raisi o‘rinbosari Aslan Jukov va respublika rahbari maslahatchisi Fral Shebzuxovni o‘ldirishga buyurtma bergan. Tergov bu jinoyatlar uning otasi nomidan uyushtirilgan deb hisoblaydi, chunki bu ijtimoiy faollar katta Arashukov tomonidan tashkil etilgan jinoiy hamjamiyat faoliyatiga xalaqit berishi mumkin edi.

Shuningdek, ayblovga ko‘ra, sobiq senator o‘z jinoyatlarini yashirish uchun huquq-tartibot idoralari xodimlariga ta’sir o‘tkazgan. Bundan tashqari, tergovda katta Arashukov jinoiy hamjamiyatni tashkil qilgani va 4,4 milliard rubldan ortiq gaz o‘g‘irlagani aniqlangan.

Arashukovlar 2019 yilning yanvarida hibsga olingan edi.

Davlat ayblovi ularning ishi bo‘yicha yana to‘rt nafar sudlanuvchiga qattiq va umumiy rejimdagi koloniyalarda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Bular QCHR Tergov qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari Kazbek Bulatov, Ichki ishlar vazirligi Ekstremizmga qarshi kurash respublika markazi sobiq boshlig‘i Timur Betuganov, Tergov qo‘mitasi bosh boshqarmasi sobiq tergovchisi Andrey Filippov va «Gazprom Mejregiongaz» MCHJ filialining sobiq direktori Guzer Xashukayev.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo