1 605
Britaniya razvedkasi: Rossiya Yangi yil bayrami arafasida Ukrainaga zarba berishi mumkin

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Buyuk Britaniya razvedkasi Rossiya Yangi yil bayramida aholi ruhiyatini buzish uchun Ukrainaga zarba berishini ma’lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
Razvedka o‘z hisobotida 2022 yil 29 dekabrda rus harbiylari Ukrainaning energetika obyektlarini nishonga olib, uzoq masofali hujumlarning navbatdagi to‘lqinini boshlaganini eslatib o‘tadi. Tahlilchilar oktabr oyidan beri Rossiya har 7-10 kunda kuchli zarbalar berish tartibiga amal qilayotganini aytmoqda. Bu Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini bostirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
«Rossiya Yangi yil bayramida Ukraina aholisining ruhiyatini buzish uchun raketa zarbasi berish rejimiga o‘zgartirish kiritishi mumkin», — deyiladi razvedka hisobotida.
Rossiya 29 dekabr kuni Ukrainaga raketalar uchirdi|
29 dekabr kuni ertalab Rossiya Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga yerdan, havo va dengizdan raketalarning navbatdagi zarbasini yubordi. Ukraina havo mudofaasi uchirilgan 69 dan ortiq raketadan 54 tasini yo‘q qildi. Kiyev osmonida 16 ta rus raketasi urib tushirildi. Ularning qismlari esa uchta xususiy uy, bir avtomobil, sanoat korxonasi va bolalar maydonchasiga kelib tushdi, hodisada qurbonlar bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar