
Rossiya 2023 yilda xalq va davlat uchun hayotiy ahamiyatga ega oliyjanob maqsadlarni himoya qilishda davom etadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Biz doim realist bo‘lishimiz kerak. Men pessimist emasman, vaholanki, pessimist – axborotlarni yaxshi o‘zlashtirgan optimistdir. Bu stakan borasida – yarmi to‘la yoki yarmi bo‘sh. Lekin bu yerda hali juda muhim jat bor, aniqrog‘i stakanda qanday suyuqlik bor”, - deydi Lavrov Birinchi kanalga bergan intervyusida, kelasi yil uchun bashorati haqidagi savolga javob berar ekan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uning kutilmalari “haqiqatga yaqin”.
“Ishonchim komilki, biz o‘z matonatimiz, sabr-toqatimiz va qat’iyatimiz bilan xalqimiz, yurtimiz uchun hayotiy muhim bo‘lgan ana shu ezgu maqsadlarni, marralarni himoya qilamiz. Mantiqiy ravishda Yevropada teng huquqli, ajralmas xavfsizlikni ta’minlaydigan teng huquqli muloqot va kelishuvlarga doimo tayyor turish. Bu Rossiya manfaatlarini hisobga olishni nazarda tutadi”, - deya tushuntirgan Lavrov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar