00:46 / 02.01.2023
2 041

Janubiy Koreya yadroviy zarba amalga oshirilgan taqdirda, Kim Chen In rejimiga nuqta qo‘yilishi haqida ogohlantirdi

Janubiy Koreya yadroviy zarba amalga oshirilgan taqdirda, Kim Chen In rejimiga nuqta qo‘yilishi haqida ogohlantirdi
Foto: Reuters
Janubiy Koreyada KXDR yetakchisi Kim Chen Inning mamlakat yadroviy arsenalini kengaytirish haqidagi gaplariga izoh berildi. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreyaning yadro qurolini qo‘llashga qaratilgan har qanday urinishlari rejimning yakuniga olib kelishini aytdi.

«Agar Shimoliy Koreya yadro qurolidan foydalanishga urinadigan bo‘lsa, bu Kim Chen In rejimining qulashiga olib kelishi haqida jiddiy ogohlantiramiz», — deyiladi Mudodaa vazirligi xabarida. Idora qayd etishicha, Shimoliy Koreya tomonidan yadrov va raketa tahdidlarini tiyib turishga urinishda davom etadi. Mudofaa vazirligi KXDRni yadrosizlanishga o‘tishga chaqirdi.

Idora qo‘shimcha qilishicha, «yoppasiga jazo va qasos» (hujumlarga javoban yoppasiga raketa otish), «Kill Chain ogohlantiruvchi zarba tizimi» va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini o‘z ichiga oluvchi «uch o‘qli mudofaa» tizimini kuchaytirishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni KXDR Mehnat partiyasi yalpi majlisida Kim Chen In mamlakat yadroviy arsenalini kuchaytirish zaruriyati oshganini, chunki Janubiy Koreya «shak-shubhasiz dushman»ga aylanganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo