date
views 1 462

Kim Chen In: AQSH Yaponiya va Janubiy Koreya bilan NATOning «osiyocha varianti»ni tuzmoqda

Kim Chen In: AQSH Yaponiya va Janubiy Koreya bilan NATOning «osiyocha varianti»ni tuzmoqda
Foto: Reuters
AQSH «NATOning osiyocha varianti»ni yaratmoqchi va KXDRga bosim o‘tkazish maqsadida Janubiy Koreyaga zarbdor yadroviy vositalarni joylashtirmoqda. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi oltinchi plenumi kengaytirilgan majlisida nutq so‘zlayotib aytib o‘tdi.

«2022 yilda AQSH turli yadroviy zarbdor vositalarni Janubiy Koreyaga doimiy asosda joylashtirib, respublikamizga harbiy bosim darajasini maksimal ravishda oshirgandi. Ikkinchi tomondan, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan uch tomonlama hamkorlikni ilgari surib, 'ittifoqni mustahkamlash' bahonasi ostida 'NATOning osiyocha versiyasi' sifatida yangi harbiy blokni yaratishga sho‘ng‘imoqda», — dedi Kim Chen In.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya harbiy xarajatlarni oshirish bo‘yicha xavfli kirdikorlar borasida quturib ketgan, Seul esa buni KXDR tomonidan xavf bilan izohlamoqda. Shimoliy Koreya yetakchisi fikricha, ushbu vaziyat Pxenyandan «AQSH va dushman kuchlarining KXDRga qarshi qaratilgan xavotirli harbiy harakatlariga javoban harbiy kuchni mustahkamlash va shu bilan respublika suvereniteti, xavfsizligi va asosiy manfaatalrini kafolatlash» bo‘yicha sa’y-harakatlarni ikki karra oshirishni talab qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In: AQSH Yaponiya va Janubiy Koreya bilan NATOning «osiyocha varianti»ni tuzmoqda